Ukrainalik boksçi, sobiq jahon çempioni Vladimir Kliçko britaniyalik boksçi Tayson Fyuridan öç olişga va'da berdi. Aynan Fyuri 2015 yil noyabrdagi jangda Kliçkodan 4 ta çempionlik kamarini tortib olgan.
Kliçko va Fyuri örtasidagi revanş jangi 2016 yil 9 iyulda Mançesterda bölib ötadi.
16 fevralda Fyuri 10 mln yevroga revanş ötkaziş majburiyatidan ozod bölmoqçi bölgan. Bundan 2 hafta avval BAAlik şayx Fyuriga Kliçko bilan jangni xususiy yaxtada ötkazişni taklif qilgan, biroq boksçi bu taklifni rad etgan.
2015 yil 28 noyabrdagi jangda hakamlarning bir ovozlik qarori bilan ğalaba Fyuriga berilgan. Fyuri Kliçkoni IBF, IBO, WBO va WBA çempionlik kamarlaridan mahrum etgan. Keyinroq britaniyalikning özi ham majburiy da'vogar – ukrainalik Vyaçeslav Glazkov bilan uçraşişdan boş tortgani uçun IBF kamaridan mahrum etilgandi.






