Fred Xatçinson nomli saraton tadqiqotlari markazi immunologi Filipp Grinberg gen muhandisligi metodlari yordamida saratonga qarşi davo tariqasida qöllanilişi mumkin bölgan immun tizimidagi T-limfotsitlarini aniqladi. Grinberg öz tadqiqoti natijalarini har yili ötadigan Amerika saratonni davolaş assotsiatsiyasida ma'lum qilgan. Bu haqda EurekAlert xabar bergan.
T-limfotsitlar — qondagi hujayralar bölib, jonzotlar immun tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular mikroblar va viruslar qismi hisoblanmiş begona molekulalarni yöq qilişni ta'minlaydi. T-limfotsitlarning yana bir körinişi T-qotillar bölib, ular zarar körgan hujayralarni, jumladan, saratonga uçraganlarini ham yöq qiladi.
Köp hollarda T-limfotsitlar saraton hujayralarini aniqlay olmay qoladi. Bunga sabab immun tizimi tomonidan işlab çiqarilgan oqsillardir. Şu sabab T-qotillar antigenlarni aniqlaşda qiyinçilikka duç keladi. Şu bois immunologlar T-limfotsitlarga mos keluvçi boşqa antigenlarni topişga harakat qilişmoqda.
Tadqiqot muallifining fikriça, saraton hujayrasidagi universal indikator vazifasini WT1 oqsili bajarişi mumkin. Uşbu oqsillar zarur retseptorlar işlab çiqadi, zararli antigenni aniqlaydi va u bilan boğlanadi.
Olim özi tomonidan jonivorlar ustida ötkazilgan bir qança tajribalarni gapining isboti tariqasida körsatib ötgan. Uning kelajakdagi niyati uşbu tadqiqotini inson ustida ötkazişdir.






