2016 yilda yetakçi nemis avtokonsernlaridan biri, BMW (nem. Bayerische Motoren Werke-Bavariya motor zavodi) özining yuz yilligini nişonlamoqda.
Aytiş joizki, bu eng birinçi avtomobil zavodi emas, Mercedes-Benz, Opel, Ford, Renault va Fiat kompaniyalari undan avval paydo bölgan, ammo BMW öz sinfining yönalişini belgilab beruvçi avtomobillarni köplab işlab çiqara olgan, desak xato bölmaydi.
Qançalik ajablanarli bölmasin, avtomobilsozlik BMWning asosiy daromad manbai va boş maqsadi ham bölmagan. 1916 yili kompaniya aviatsiya dvigatellari işlab çiqara boşlagan, 1923 yilga kelib mototsikllarni özlaştirgan kompaniya, asta-sekinlik bilan, 1928-yildan avtomobil sanoatiga kirib kelgan.
«"Rulda huzur-halovat bilan!" — bu şunçaki şior emas, balki BMW falsafasidir. Va biz unga rioya etişda davom etamiz», — deb hikoya qiladi Lyudvig Villiş, BMW North America kompaniyasi prezidenti.

BMWning zamonaviy maşinalari, har qaçongidan ham köp sotilmoqda. Biroq, kompaniya merosi klassik, ya'ni öz davrida eng e'tiborli modellari bilan ölçanadi. Ajoyib transport vositalarini işlab çiqiş tarixi hurmatga loyiq, albatta.

BMW 507 (1956-1959 yillar işlab çiqilgan) modelining maşhur xaridorlaridan biri amerikalik musiqaçi Elvis Presli edi.

Aytiş joizki, 507 modelidan atigi 250 dona işlab çiqilgani ma'lum bölgaç, yaxşi saqlangan bir dona maşina 2 million dollargaça baholandi. Bu esa, BMW 507ga kolleksionerlar qiziqişini yanada oşirdi.

1966-77 yillar oraliğida işlab çiqilgan BMW 2002 esa zamonasining eng arzon klassikalaridan biri böldi. Maşina muxlislarining aytişlariça, uning diqqatga sazovor jihati ajoyib işçanligidadir.

3.0 CSL çiroyli dizayni va poygabopligi bilan xaridorlar e'tiborini qozongan. U şuningdek, kompaniyaning maşhur BMW Art Car seriyasini boşlab bergan maşina hisoblanadi. 1975 yili amerikalik maşhur haykaltaroş Aleksandr Kolder uşbu rusumdagi maşinalardan birini bezagan edi.
















