23 aprel kuni Toşkent şahrining Olmazor tumanida «Nurafşon» nomli yana bir madaniyat va istirohat boği işga tuşdi.
Uşbu boğ ança yillar oldin qurilgan bölib, uni “Oymomo” nomi bilan xotirlaşadi. 2000-yillarga kelib boğ taşlandiq holatga kelib qolgan edi. Attraktsionli, yozgi kinoteatrga ega ulkan maydonda yastanib yotgan boğ 20 yil qarovsiz qoldirilgan edi.
Ayni damda boğ ta'mirlaşdan çiqqan bölib, atraktsionlar yangilangan, örindiqlar örnatilgan hamda yölaklar va alleyalar barpo etilgan. Unda Yevropa va milliy taomlar oşxonasi ham işlab turibdi. Toşkent va mehmonlar allaqaçon boğning yangi oçilgan çiroyidan bahramand bölişmoqda.















