Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari 23 aprelda keçki payt Vaşington metrosi stansiyasida portlaş ovozi eşitilgani va yonğin çiqqanini ma'lum qilişdi.   

Ma'lum qilinişiça, portlaş mahalliy vaqt bilan soat 19:15da Tenlitaun stansiyada yuz bergan. Şundan keyin yonğin çiqqan. Voqea joyiga 8 ta öt öçiriş maşinasi va tez tibbiy yordam maşinalari yetib kelgan.

Voqea guvohlari Vaşington transport boşqarmasining notöğri harakatlaridan şikoyat qilişgan. Ularning aytişiça, boşqarma bu holatda yölovçilarga tegişli körsatmalar bermagan va buning oqibatida yölovçilar orasida ortiqça sarosima kelib çiqqan.

Kolumbiya okrugi öt öçiriş-qutqaruv xizmati voqea oqibatida heç kim jabrlanmaganini ma'lum qildi. Xizmatning ma'lum qilişiça, kuçli tutunlaniş öçoği stansiyaning texnik hududida bölgan, bu yerda izolyatsiya materiali yonib ketgan. Tutun Tenlitaun va Frendship Xayts stansiyalari orasidagi tunnelni qoplagan.

Tenlitaun stansiyasi yopilgan, poyezdlarning bu qismdagi qatnovi töxtatilgan. Odamlar uçun maxsus yönalişda qatnovçi avtobuslar taqdim qilingan.