Fransiyaning «PSJ» klubi hujumçisi Zlatan Ibrahimoviç Xitoy klublari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda, deb yozadi Le 10 Sport naşri.
Manba bergan xabarga köra, bir qator Xitoy jamoalari Ibrahimoviçni öz jamoasida körişni istamoqda. Ammo Zlatan Yevropa jamoalaridan birida töp surişni istamoqda va faqatgina astronomik darajadagi mablağ tölansagina Osiyoda töp surişga rozilik berişini ta'kidlab ötgan.
Bundan oldinroq, Xitoydagi klublardan biri futbolçiga yiliga 70 mln yevro yillik maoş taklif qilgan, biroq şvetsiyalik bu taklifni rad etgan.
Ibrahimoviçning «PSJ» bilan amaldagi şartnomasi mavsum nihoyasiga yetgaç, tugaydi.
Joriy mavsumda futbolçi 27 uçraşuvda maydonga çiqib, 32 gol va 13 samarali uzatmalarni amalga oşirgan.






