Yaponiyaning Mazda avtomobilsozlik kompaniyasi özining birinçi kupe şaklidagi krossoveri CX-4ni taqdim etdi. U Pekinda bölib ötayotgan avtomobil körgazmasida namoyiş etilgan. Uşbu yöltanlamas hozirça faqat Xitoyda sotiladi. Autocar naşrining xabar qilişiça, işlab çiqaruvçilar CX-4 jahon böylab sotilişi mumkinligini rad etişmayapti. Ammo motor.ru naşri ma'lumotiga köra, Mazda yangi mahsulotini Rossiya bozoriga olib kiriş niyatida emas.

Mazda CX-5 platformasida barpo etilgan CX-4 old tarafida “MakFerson” qöllanilgan, ort tomonda mustaqil köptarmoqli riçag örnatilgan. Bunda old va orqa tomon podveskalari geometriyasi özgartirilgan. Bularning bari, boşqaruv davomida avtomobil yengil yurişi uçun amalga oşirilgan.

Mazda CX-4ning gabarit ölçamlari böyiga 4633 mm, eniga 1840 mm, balandligi 1530 mm.ni taşkil etadi. Ğildirak örnatiladigan joy 2700 mm. Yangi yöltanlamas CX-5dan 78 mm. uzunroq, ammo 130 mm.ga pastroqdir. Ikki maşina eni va ğildirak joylari bir xil.
Yöltanlamasning yukxonasi hajmi, orqa örindiqlar suyançiği tik turgan holatda 400 litrni taşkil etadi. Örindiqlar yiğilgan holda, yukxona 3 martadan köproqqa kengayib, 1228 litrni taşkil etadi.

Mazda kompaniyasi CX-4 uçun SkyActive rusumidagi 2.0 va 2.5 litr hajmli ikki xil dvigatelni tayyorlab qöygan. Uning birinçisi 157 ot kuçi bilan ta'minlay olsa, ikkinçisi 191 ot kuçi beradi. Kuçsizroq motorga 6 bosqiçli mexanik uzatmalar qutisi yoki 6 diapazonli avtomatik uzatmalar qutisi yordam bersa, birmunça kuçli agregat faqat avtomatik uzatmalar qutisi yordamida maşinani harakatga keltiradi.

Yöltanlamas, şuningdek, i-ACTIV AWD barça ğildiraklarni aylantiriş tizimi va kinetik energiyadan rekuperlaş usuli yordamida foydalaniş imkonini beruvçi i-ELOOP tizimi bilan jihozlanadi. i-ELOOP maşinani tormozlaş vaqtida hosil bölgan energiyani töplab, yoritqiçlar, konditsioner va audiotizimlarni energiya bilan ta'minlaydi.

Mazda CX-4 taşqi körinişi, Mazdaning joriy KODO uslubida işlab çiqilgan. Ayni uslub, xususan «oltilik» va CX-9ni işlab çiqişda qöllanilgan. Modelning intereri ham kompaniyaning boşqa maşinalariga öxşab ketadi. Ammo, CX-4ga yangi uskunalar paneli örnatiladi.

Krossover töplamiga, 17-dyuymli rezina örnatilgan disklar, (2.5litrlik dvigatel örnatilganiga 19 dyumli), proyektsion displey, Bluetooth, USB va navigatorli MZD Connect mediatizimi hamda bir neçta xavfsizlik tizimlari kiradi. Xavfsizlik tizimlariga, jumladan haydovçiga körinmaydigan va avtomobil orqaga harakatlanayotganda perpendikulyar turgan maşinadan ogohlantiriş hamda avtomatik töxtaş tizimi kiradi.