Dunyo atom energetikasi tarixidagi eng yirik fojia Çernobil atom elektrostansiyadagi avariyaga 30 yil töldi. 1986 yil 26 aprelga ötar keçasi ÇAES törtinçi blokida turbogenerator sinovi ötkazilayotgan edi. Şu maqsadda reaktorni töxtatiş rejalaştirilgan, bundan avval, avariya holatida işga tuşadigan favqulodda sovutiş tizimi rejaga muvofiq öçirilgandi. Ammo, reaktorni xavfsiz töxtatiş imkoni bölmadi va energoblokda sodir bölgan portlaş yonğinga olib keldi.

Portlaş natijasida butunlay vayron bölgan reaktordan atrof-muhitga katta miqdorda radioaktiv moddalar tarqaldi. Xususan, uran, plutoniy, yod-131, seziy-134, seziy-137, stronsiy-90 moddalari AES hududidan bir neça ön kilometrga yetib bordi.

Fojia sabablari borasida bir neça taxminlar mavjud. AES xodimlarining turbogenerator sinovida jiddiy xatoga yöl qöygani yoki "reaktorning quriliş çoğida nuqsonlarga ega bölgani" şunday sabablar sirasiga kiradi.

Halokatdan söng, AES atrofi böylab 30 kilometrlik hududdan 115 mingga yaqin kişi majburiy ravişda köçirildi, 5 mln gektarga yaqin yer qişloq xöjaligi hisobidan çiqarildi, yuzlab kiçik aholi punktlari oğir texnikalar yordamida kömib taşlandi.