Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25 aprel kuni rasmiy taşrif bilan Moskvaga keldi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.

Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Vnukovo-2” aeroportida oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Tantanali kutib oliş marosimidan keyin Özbekiston delegatsiyasi özi uçun ajratilgan qarorgohga yöl oldi.

Şu kuni Islom Karimov bilan Vladimir Putinning norasmiy uçraşuvi bölib ötdi.

Taşrifning asosiy voqealari 26 aprelga belgilangan.

Ikki davlat rahbarlari Özbekiston – Rossiya hamkorligi rivojining dolzarb masalalarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar yuzasidan fikr almaşadilar.

Avval xabar qilinganidek, muzokaralar yakuni böyiça Özbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi özaro hamkorligini yanada rivojlantirişga qaratilgan qator hujjatlar imzolanişi möljallangan.