«Volfsburg» jamoasi daniyalik hujumçisi Niklas Bendtner bilan hamkorlikni töxtatdi.

Uşbu 28 yoşli daniyalikning «Volfsburg» bilan şartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgandi va bu şartnoma muddatida oldin bekor qilindi.

31 mart kuni «Volfsburg» rahbariyati Bendtnerni içki tartiblarga rioya etmagani uçun maşğulotlardan çetlatgandi.

Bendtner «Volfsburg»ga 2014 yili erkin agent sifatida kelgandi. U jamoa safida 47 uçraşuvda maydonga tuşdi hamda 9 gol urdi.

Öz vaqtida Bendtner «Arsenal», «Sanderlend» va «Yuventus» jamoalari safida töp surgan.

“Volfsburg” futbolçisi raqobatçi kompaniya maşinasi bilan suratga tuşgani uçun jarimaga tortildi