Smartfonlardan şaxsiy kompyuter sifatida foydalaniş yangi ğoya emas. Superbook loyihasi iştirokçilari bozor şunday qurilmalar bilan tölib qolişidan avval taşqi körinişi noutbukka öxşaydigan dok-stansiyani taqdim etişdi.

Qurilma 1366x768 piksellarga ega 11.6-dyuymli displey, klaviatura, taçpad, 8 soat foydalaniş imkonini beruvçi akkumulyator va Android-smartfonni ulaş uçun kerak böladigan USB-interfeysi bilan jihozlangan.

Ammo barça mobil telefonlar unga töğri kelavermaydi. Buning uçun mobil smartfonlar 1 GB tezkor xotira, Android 5.0 va undan yuqori bölgan operatsion tizimga ega bölişi lozim.

Smartfon 64 razryadli protsessor va köproq tezkor xotiraga ega bölganda eng yaxşi tezlik böyiça körsatkiçlarga erişiş mumkin.

Bularning barçasi Superbookni hujjatlar bilan işlaş va tarmoqdan foydalaniş uçun qulay qurilmaga aylantira oladi. Yangi qurilmaning narxi 99 dollarni taşkil qiladi.