Bugun özbek musiqa san'atida sönmas iz qoldirgan Botir Zokirov hayot bölganida 80 yoşni qarşilagan bölar edi.

1936 yilda Alişer Navoiy nomidagi opera va balet teatri artisti Karim Zokirov va Muqumiy nomidagi musiqali drama teatri qöşiqçisi Şoista Saidovalar xonadonida öğil farzand dunyoga keladi. Tönğiç farzandlariga yaxşi niyatlar bilan Botir deb ism qöyişadi.

Zokirovlar xonadoniga köplab san'at ahli namoyondalari taşrif buyurgani sababli Botirning könglida ham musiqaga nisbatan kuçli muxabbat paydo böla boşlaydi. U 1952-1957 yillarda Toşkent Davlat konservatoriyasida, 1958- 1962 yillarda esa Toşkent Davlat teatr va rassomçilik institutlarida tahsil oladi. U “Yoşlik” ansambli va Özbek Davlat estrada orkestrining yakkaxon xonandasi sifatida faoliyat olib borgan.

Botir Zokirovning diltortar taronalari va gözal honişi barçani öziga rom etib kelgan. Uning ijrosidagi “Yor kel”, “Arabça tango”, “Ra'no”, “Majnun monologi”, “Seni eslayman”, “Keçalar yulduz sanab” va boşqa köplab qöşiqlari oradan yillar ötsa-da, muxlislar hamon sevib tinglaşadi.

Botir Zokirov nafaqat huşovoz xonanda, balki mahoratli rassom, yozuvçi va tarjimon ham bölgan. U rassom sifatida “Saraton”, “Gumbazlar”, “Bolalik köçasi” kabi asarlar yaratgan. Köplab oçerk, hikoya, şe'rlar muallifi. Şuningdek, Botir Zokirov A.d ye Sent-Ekzyuperining “Kiçik şahzoda”, Ye.Şvarsning “Soya” asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan.

1984 yilda Botir Zokirovning soğliği yomonlaşib boradi. Şifokorlar unga jigar sirrozi sönggi bosqiçi taşhisini qöyişadi. 1985 yilning 23 yanvarida Özbekiston xalq artisti Botir Zokirov vafot etadi.

Xonanda vafotidan söng 2000 yilda Özbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov buyruğiga asosan “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlanadi.