Italiyaning «Roma» va Angliyaning «Çelsi» klublari rimliklar yarimhimoyaçisi Raja Nainggolan transferi böyiça muzokaralarni davom ettirişmoqda.
Londonliklarning bölajak boş murabbiyi Antonio Konte belgiyalik yarimhimoyaçini sotib olişni tayinlagan. «Çelsi» Nainggolan uçun 40 million yevro tölaşga tayyor bölib turibdi.
Football Italia naşrining Sky Sport Italia va ESPN naşrlari manbalariga tayanib bergan xabariga köra, inglizlar mazkur xaridni amalga oşiriş uçun juda yaqin turişibdi.
Eslatib ötamiz, oldinroq Nainggolan «Çelsi»ning Yevropa çempionlar ligasida iştirok etmasligi tufayli londonliklar safiga borib qöşilişni istamayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.
Ma'lumot uçun, «Roma» Nainggolanni 2014 yilning yanvarida «Kalyari» 50 foiz transfer huquqi evaziga 9 million yevro tölab sotib olgandi. 2015 yilda klub futbolçi uçun yana 9 million yevro tölagan va belgiyalik futbolçini töliq öziniki qilib olgandi.






