Apple korporatsiyasining Kupertinodagi (Kaliforniya ştati) boş qarorgohi anjuman-zallaridan birida noma'lum erkakning jasadi topildi, deb xabar bermoqda TechnoBuffalo.
Jasadni topgan xodimlar politsiyani çaqirtirib, öz joniga suiqasd qiliş holati yuz bergan bölişi mumkinligini aytişgan.
"Apple vakillari öz qarorgohida jasad topilganiga izoh berişmayapti. Murda korporatsiyaning xodiminiki ekanligi yoki yöqligi haqida ma'lumot yöq", deb yozdi ABC7 kanali jurnalisti Mett Keller öz tvitterida.
Ayni vaqtda politsiya teşiruv ötkazmoqda.
Apple’ning Kupertinodagi boş qarorgohi 1993 yilda qurilgan va 10 mingdan köproq xodimni öz içiga siğdira oladi.






