Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi 2018 yilda butunlay elektrmotorda işlaydigan krossoverni işlab çiqişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniyadagi manbasiga tayangan holda The Korean Herald gazetasi yozmoqda.

Yangi yöltanlamasni işlab çiqişga oid tadqiqot işlari Hyundai’ning Namyangdagi ilmiy-tadqiqot markazida boşlanib ketgan. Uning batareyalari bir marta quvvatlantirilgaç, 320 km.gaça masofani bosib öta oladi. Bu esa Ioniq gibrid modelining akkumulyator yordamida bosib ötadigan masofasidan 2 marta köpdir.

Toyota Prius’ga raqobatçi bölişi kutilayotgan Hyundai Ioniq’ning taqdimoti 2016 yil boşlarida bölib ötgandi. Uning kuç agregatiga 105 ot kuçiga ega 1,6 litr hajmli benzinli motor va 43,5 quvvatli elektr motor kiritilgan. Bundan taşqari, töplamga litiy-polimer batareyasi va oltibosqiçli «avtomatik» uzatmalar qutisi kiradi.

Fevral oyida bölib ötgan Çikago avtosalonida Kia Niro gibrid modeli ham ommaga namoyiş etilgandi. U ham Ioniq platformasida işlab çiqilgan va uning kuç agregatlari örnatilganiga qaramay, «Niro» matbuot hamda jamoatçilikning keng qiziqişini uyğota oldi. Ayni holat, Hyundai kelgusi elektrokarini yöltanlamas sifatida işlab çiqiş borasida qaror qilişiga omil böldi.

Bundan avval, Hyundai 2017 yilda yangi avlod yoqilğisida işlovçi motorga ega maşinani işlab çiqişi oşkor bölgandi. U, vodorodli krossover ix35 Fuel Cell örnini egallaşi kutilmoqda.