Bugun, 27 aprel kuni Qoraqalpoğiston Respublikasining markazi Nukus şahrida «Kitob olami» majmuasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Özbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan 2015 yil 2 noyabrda Toşkent şahrida «Kitob olami» ma'rifiy majmuasi oçilgan edi. Joriy yildan viloyatlar va tumanlarda uşbu ma'rifiy majmuaning tarmoqlari kengaytirilmoqda.

Agentlik axborot xizmatidan xabar qilinişiça, Nukusdagi kitob dökoni 300 metr kvadrat maydonni egallagan bölib, unda turli yönalişdagi adabiyotlar stendlari taşkil etilgan va 15 ming nusxadagi kitoblar örin olgan.

Ayni vaqtda Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Farğona, Xorazm viloyatlari markazlarida «Kitob olami» majmualari qurilişi işlari davom etmoqda.