Özbekiston yaqin tört yil mobaynida xorijda işlab çiqarilgan 24 ta zamonaviy lokomotiv xarid qiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik internet naşri "Özbekiston temir yöllari" AJdagi manbasiga tayangan holda.
Uning sözlariga köra, uşbu taşabbusni Davlat rahbari ma'qullagan. Hozirda, "Özbekiston temir yöllari"ga xaridning texnik-iqtisodiy asoslarini işlab çiqiş topşirilgan.
Kompaniya rejalariga köra, xorijdan sotib olinadigan lokomotivlarning 16tasi yuk taşiş, 8tasi yölovçi taşişga möljallangan böladi. Natijada, ekspertlarning fikriça, 2020 yilga kelib, kompaniya yölovçi va yuk taşiş hajmini 1,2 martaga oşiradi.
Yangi texnikalarning barçasi elektr energiyasida işlaydi. Bu esa özbek temir yöllarini butunlay elektrlaştiriş bilan boğliq. Xususan, kelasi 4 yil mobaynida Samarqand-Buxoro, Qarşi-Termiz, Pop-Qöqon-Marğilon-Andijon temir yöllarini elektrlaştiriş işlari poyoniga yetkaziladi.
"Özbekiston temir yöllari" AJ rahbariyati Xitoyning CNTIC-CNRDLRC kompaniyasidan katta miqdorda temir yöl texnikasini xarid qilişni rejalaştirayotgani haqida ma'lum qilgan edi. Ayni kompaniya Özbekiston şaroitlariga moslaştirilgan Özel rusumli lokomotivlarini yetkazib bergan.
Bugungi kunda, mamlakat temir yöl texnikasi parkida 50 ta zamonaviy elektrovoz mavjud. 2016 yil oxiriga kelib, zamonaviy lokomotivlar soni 70 foizni taşkil etişi kutilmoqda.







