«Özbekneftgaz» milliy xoldingi Muborak gazni qayta işlaş zavodida gazni serovodoroddan tozalovçi yangi uç blok qurişni töxtatişni rejalaştirgan. Bu haqda Sputnik agentligi muxbiri kompaniya vakiliga asoslangan holda xabar bergan.
Bu nafaqat 1981 yilda örnatilgan gaz tozalaş uskunalarini yangilaş, balki çiqarilayotgan gazdagi serovodorod hajmini 1,5 baravarga qisqartirib uning sifatini eksport standartigaça yetkiziş imkonini beradi. Yangi bloklarda Rossiyaning «Peton» kompaniyasi uskunalari örnatiladi.
«Loyihaning umumiy narxi 264 mln dollardan oşadi, undan 212 mln dollari «Özbekneftgaz»ning xususiy mulki, qolgan 51 millioni esa respublika Taraqqiyot fondi tomonidan ajratilgan. Yangi bloklarni işga tuşiriş yiliga 6 milliard kubometrgaça gaz tozalaş imkonini beradi. Ular işga tuşgaç, ularning yilgi umumiy işlab çiqariş qiymati 414 million dollarni taşkil qiladi», — dedi kompaniya vakili.
Bugungi kunga kelib kompaniya absorber, separator, trubalar, fitinglar, ölçov aspoblari, avtomatlar, berkitiş va boşqariş moslamalari, texnik jarayonni avtomatik boşqariş tizimlari yetkizib beriş böyiça şartnoma tuzdi.
Suhbatdoşning sözlariga qaraganda, uskunalar yetkazib beruvçi sifatida Rossiya kompaniyasi tanlanişi tasodifiy emas. Uşbu kompaniyadan oldin sotib olingan uskunalari özining samaraligi va işonçliligini körsatgani aytilgan.
Undan taşqari, uskunalarni yangilaş jarayonida Özbekiston maşinasozlik sanoati ham faol iştirok etadi. «Özbekximmaş» allaqaçon qiymati 115 milliard söm bölgan kerakli texnologik uskunalarni işlab çiqarişni boşladi.
Muborak gazni qayt işlaş zavodining birinçi navbati 1972 yilda işga tuşirilgan edi. Özbekistonda gazni qayta işlaş aynan şu sanadan boşlanadi. Majmua yiliga 30 mlrd kubometr gazni qayta işlaşga möljallangan bölib, dunyoda eng katta gazni qayta işlaş zavodlaridan biri hisoblanadi.






