Xitoy Xalq Respublikasida Amerikaning Paramount Pictures kompaniyasi va uning xitoylik hamkoridan “Transformerlar: Qirğin davri” filmi tufayli 27 million dollar talab qilmoqda. Bu haqda CRIENGLISH.com portali xabar qildi.
Sudga Ulun uyezdi hukumatiga tegişli Wulong Karst Tourism kompaniyasi arz qilgan. Murojaat Çuntsin şahri sudida körib çiqiladi.
Wulong Karst Tourism töliq qabul qilinmagan daromad uçun tovon puli sifatida 180 million yuan (30 million dollar atrofida) talab qildi. Kompaniya film epizodlaridan birida China Wulong yozuvining ekvivalenti paydo bölişi uçun 4,8 million yuan tölagan edi. Biroq sönggi versiyaga uşbu sahna kiritilmagan.
Paramount vakillari esa ziyonni qoplaganlarini bildirmoqda. Ularga köra, “Transformerlar” rejissyori Maykl Bey Ulun uçun reklama roligini suratga olgan. Bundan taşqari, Amerika kompaniyasi sayyohlar e'tiborini jalb etişga yordam beriş niyatida uyezdda dekoratsiya va butaforiyalarni qoldirgan.
Wulong Karst Tourism esa bularni yetarli emas, deb hisoblaydi.






