Xitoylik fermer suv osti qayiğini qurib bitirdi va unga patent olişga ham muvaffaq böldi. Bu haqda The South China Morning Post xabar tarqatdi.
Anxoy provinsiyasi Maanşan şahar okrugida istiqomat qiluvçi Çjan Şenu televizion şoudan ta'sirlanib, şaxsiy suv osti qayiğini işlab çiqiş ğoyasi bilan ustida iş boşladi. Uyda xotini yöqligidan foydalanib darrov işga kirişdi (xotini onasini körgani ketgandi). Ikki oy davomida u pölat plitalarni payvandlab tunlari bilan işlab çiqdi.

Natijada uzunligi olti metr, eni 60 santimetrli submarina paydo böldi. Bir uçi suv yuzasida joylaşgan quvurça orqali qayiq kislorod bilan ta'minlanadi. Tajribalar davomida erişilgan maksimal tezlik – yetti uzel (soatiga dengiz mili).
Submarina xitoylik mansabdorlarda katta taassurot uyğotgani uçun unga patent ham berişdi.







