«Bavariya» jamoasi boş murabbiyi Xosep Gvardiola YeÇL yarimfinalida «Atletiko»ga qarşi keçgan va 0:1 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangandan keyin jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

«Uçraşuvning 75 foiz vaqtida yaxşi öynadik deb öylayman. Gol uriş uçun yetarli vaziyatlarimiz böldi, ammo buni uddalay olmadik.

YeÇLning qaysi jamoasi safarda gol uriş uçun bugun bizda bölgan imkoniyatga ega bölgan ekan, bilmayman. Odatda bizga bu qadar köp imkoniyat berişmaydi.

Myullerga kelsak, u asosiy tarkibda tuşmadi, bizga çap qanotda çapaqay , öng qanotda öng oyoqda tepadigan hujumçi kerak edi. Buning ustiga markazni mustahkamlaş uçun qöşimça yarimhimoyaçidan foydalanişni istagan edik», – deydi Gvardiola.

Ma'lumot uçun, «Bavariya» yarim finalning javob öyinini 3 may kuni «Atletiko»ga qarşi öz maydonida ötkazadi. Çempionlar Ligasining joriy mavsumida «Bavariya» öz maydonidagi barça uçraşuvda zafar quçgan.