Halabdagi gospitalga tungi payt aviazarbalar berilgani va insonparvarlik yordamining yetkazib berilişi tösilişi xatarlari sababli hududdagi vaziyat "falokatli" darajaga yetdi, deb aytdi BMTning Suriya böyiça maxsus elçisi maxsus maslahatçisi Yan Egelan. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

"Men yaqin soat va kunlarda xatarlar qançalik yuqoriligini ta'riflaşga ham ojizman", deb aytdi Egelan va vaziyatning jiddiyligiga şubha qilmayotganini qöşimça qildi.

Egelan may oyi davomida 35 ta qamal qilingan va yetib boriş qiyin bölgan hududlarga borişni ta'minlaşga çaqirdi.

Avvalroq Halabdagi "Al-Quds" gospitaliga aviazarba berilişi oqibatida 27 kişi halok bölgani ma'lum qilingandi. Gospital jangarilar nazoratidagi hududda joylaşgan bölgan.

Qizil Xoç xalqaro qömitasining Jyenevadagi vakili Valter Grosning aytişiça, Halabdagi odamlar gumanitar falokat yoqasida yaşamoqdalar. "Qayerda bölmang, minomyot snaryadlari portlaşi va boşingiz uzra uçib ötayotgan samolyotlar ovozini eşitasiz. Şahar yonidagi barça narsa vayron bölgan. Odamlar öz hayotlari uçun qörmoqdalar, heç kim ertaga nima bölişini bilmaydi", deb aytib ötdi Gros.