Janubiy koreyalik arxitektor Mun Xun barmoq şaklidagi minora loyihasini işlab çiqdi. Minoraning taşqi körinişi buyurtmaçining barmoq izlari asosida amalga oşiriladi. Bu haqda Tech Insider xabar berdi.

“Mijoz öta ğayritabiiy egilmagan minora modelini tayyorlaşni söradi. Biz unga bir neçta variant taklif etdik. Barmoq izi tuşirilgan minora uning könglidan joy oldi”, - deydi arxitektor.

13 qavatli minora tomida boğ barpo etiladi. Bino derazalari “qöl” çiziqlari böylab örnatiladi.

Noodatiy obekt buyurtmaçisi – Li Sen Su – penthausni egallaydi. Pastki qavatlar studiya körinişida pardozlanib, ijaraga berilişi rejalaştirilmoqda.

Futuristik obekt YDP Tower nomini oldi. Quriliş işlari şu yil kuzida yoki kelgusi yil bahorida boşlanadi.