Elektronika işlab çiqaruvçi Samsung va LG kompaniyalari bir neça yillardan beri butunlay egiluvçan displey prototiplarini namoyiş etib kelişmoqda. Biroq bukiluvçan smartfon körinişidagi tugallangan tayyor mahsulot hanuzgaça işlab çiqarilmadi. Bu borada xitoylik raqiblar Koreyaning gigant kompaniyalaridan özib ketişlari mumkin.
Yaqinda Çuntsinda taşkil etilgan körgazmada heç kimga ma'lum bölmagan Xitoyning Interim nomli işlab çiqaruvçi kompaniyasi özining egiluvçan Android-smartfonini namoyiş etdi. Smartfonda moslaşuvçan OLED-displeyi örnatilingan bölib, u grafen asosida tayyorlangan. Videoda tasvirlanişiça, qurilma körgazma mehmonlaridan birining qölida osongina buklanmoqda va öz funksionalligini mutlaqo saqlab qolmoqda.
Hozirça taqdim etilgan rolikda smartfon işlaşidagi muammo va kamçiliklar közga taşlanmagan. Faqatgina displeydagi tasvirning sifati biroz köngilni xira qiladi.
Şu sababli Interim şunçaki texnologik namunani taqdim etgan deb hisoblaş mumkin. Tugallangan mahsulot esa tez orada elektron bozorga çiqişi kutilmoqda. Qurilma prototipining qandaydir texnik hususiyatlari töğrisida heç qanday ma'lumotlar yöq.







