28 apreldan 29 aprelga ötar keçasi Moskvada 9 mayda ötkaziladigan Ğalaba paradining birinçi repetitsiyasi ötkazildi. Texnika Tverskoy köçasidan ötgandan keyin, ijtimoiy tarmoqlarda voqea guvohlari tomonidan olingan yuzlab suratlar çop etildi.  

Moskva köçalaridan bir neça soat içida T-34-85, T-90 va T-14 "Armata" tanklari, "Kurganets" piyoda harbiy maşinalari, "Msta-S" öziyurar gaubitsalari, "Buk-M2" zenit-raketa majmualari va boşqa harbiy texnika ötdi. 

Jurnalistlarga şu kuni Ğalaba bayroği olib çiqilişi, parad rasçyotlari tomonidan Rossiya mudofaa vazirining qarşilanişi, piyoda parad rasçyotlarining tantanali marşi va harbiy texnika ötişi namoyiş qilindi.  

Tayyorgarçilik tufayli metro işida vaqtinçalik çeklovlar kiritildi, yer usti transporti harakati tösildi. Yana ikkita tayyorgarçilik 5 mayda ötadi, boş repetitsiya esa 7 mayga belgilangan. 

Ğalaba kuni paradda 128 ta harbiy texnika birligi va 10 mingga yaqin harbiy iştirok etadi. Parad ötadigan maydon uzra bu yili Ğalabaning 71 yilligi nişonlanişi munosabati bilan umumiy hisobda 71 ta samolyot va vertolyot uçib ötadi.