"Özbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi kelasi yilning örtalarida "Yangiyer-Ohangaron-Toşkent" yönalişi böyiça yangi gaz quvuri qurilişini boşlaydi. Bu haqida Sputnik muxbiri ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, hozirda mutaxassislar loyihaning texnik-iqtisodiy tomonlarini oldindan işlab çiqişga kirişişdi, 2016 yilning oxiriga borib ularni yakunlaş rejalaştirilgan.
"Loyihaning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga köra, 260 million dollardan ortadi, gaz quvuri barpo etişning moliyalaştiriş işlarini Milliy xolding kompaniyasi öz zimmasiga oladi. Iş jarayonida 30- va 195-kilometrlar örtasida mutlaqo yangi 165 kilometrli gaz quvuri quriladi. Bu ştatdan taşqari vaziyatlar yuzaga keladigan eng muammoli segmentdir", ta'kidladi u.
Sönggi yillarda tez-tez sodir bölgan avariyalar tufayli yangi gaz quvuri quriş haqidagi qarorga kelindi. Ötgan yilning özida bu hududda ikkita yirik favqulodda holat yuzaga yeldi.
"Poytaxt va Toşkent viloyati aholisini işontirib aytamanki, gaz quvuri albatta quriladi, bu vaqt talabi. Şunçaki hozir kompaniyada milliard dollarlab mablağlar sarflanayotgan önlab yirik loyihalar amalga oşirilmoqda, hamma narsani bir vaqtning özida barobar olib borib bölmaydi. Dunyo inqirozi va uglevodorodlarning narxlari keskin özgarib turişiga qaramay, biz loyihalarimizni bekor qiliş niyatidan yiroqmiz, moliyalaştiriş böyiça barça rejalar öz muddatida bajariladi", deya ta'kidladi xolding vakili.







