Bağdodda namoyişçilar Iroq parlamenti binosiga bostirib kirişdi. Namoyişçilarning hujumi oqibatida bir neça deputat jarohat oldi, ularning ahvoli oğir qolmoqda. Bu haqda "Al-Jazira" telekanaliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Iroqda ommaviy norozilik namoyişlari mamlakatda korrupsiya darajasining ösişidan aholining noroziligi ortida yuz berdi. Namoyişçilar hukumatning itse'fosini talab qilmoqdalar. Şia yetakçisi Muqtado as-Sadr tarafdorlari deputatlar kvorumning yetarli emasligi sababli hukumatning yangi tarkibi böyiça ovoz bera olmaganlaridan keyin parlament binosiga bostirib kirişgan.

Bağdodda favqulodda vaziyat e'lon qilindi, harbiylar töliq jangovar tayyorgarlikka keltirildi. Iroq poytaxtiga kiriş yöllari berkitilgan. Şahar markazidan AQŞ va boşqa davlatlar elçixonalari xodimlari evakuatsiya qilinmoqda, BMT vakolatxonalari yopib qöyildi.