Fransiyaning Marsel şahrida yaşovçi musulmonlar şahar markazidagi yahudiylar ibodatxonasi – sinagogani sotib olişdi. Bitim qiymati 400 ming yevroni taşkil qildi. Sinagoga masjidga aylantiriladi. Bu haqda xorijiy OAVga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
Musulmonlarni sinagogani sotib olişga şu köçada joylaşgan masjidning kiçiklik qilayotgani, ayniqsa juma namozlari vaqtida, majbur qilgan.
Şaharning yahudiylar jamoati a'zolari bir neça yil avval şahar markazini tark etib, uning çekkasiga köçib ötişgan. Buning oqibatida sinagoga böşab yotgan.
Marsel yahudiylar jamoati 70 ming kişidan iborat bölib, nafaqat Fransiyada, balki butun Yevropada ham eng köp sonli yahudiy jamoatlaridan hisoblanadi.
Bu orada şahar musulmonlari şaharda jome' masjidi qurilişiga erişişmoqçi. Masjid qurilişi loyihasi 23 mln yevroga baholanmoqda. Agar masjid quriladigan bölsa, Fransiyadagi eng katta masjidga aylanadi.
OAV ma'lumotlariga köra, Fransiyada 2,5 mingta masjid bor, yana 300 ta yangi masjid qurilmoqda.







