Jamiyat | 12:29 / 02.05.2016
20212
1 daqiqa o‘qiladi

Tarkan ashaddiy muxlisasi bilan oila qurdi 

Turkiyalik mashhur qo‘shiqchi Tarkan bir necha yil avval Germaniyada bergan konsertida tanishgan Pinar Dilek bilan turmush qurdi. 

Pinar Dilek xonandaning eng ashaddiy muxlisalaridan biri hisoblanadi.  Ularning nikoh oqshomi Istanbulda joylashgan Tarabaya bog‘ining hashamatli villasida bo‘lib o‘tdi. 


To‘yda kelin-kuyovning eng yaqin qarindoshlari va yaqin do‘stlari ishtirok etishdi. To‘yning asosiy katta qismi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish