Ukraina dronlari 2 avgustga ötar keçasi Wildberries kompaniyasining Samara oblasti Krasnoyarsk rayoni Novosemeykino posyolkasidagi omboriga hujum uyuştirdi. Omborga hujum qilingani haqida gubernator Vyaçeslav Fedorişçev xabar berdi, uning ma’lumotiga köra, hujum oqibatida qurbonlar bölmagan. U bu hujumni «duşmanning navbatdagi terrorçilik akti» deb atadi. Kompaniya matbuot xizmati ham hujum faktini tasdiqlab, jabrlanganlar yöqligini ma’lum qilgan va logistik zanjir qayta yölga qöyilganini qöşimça qilgan.
Dronlar zarbasidan keyin ombor yonib ketgan. Guvohlar 63.ru naşri muxbiriga aytib berişiça, hujum ertalabki soat sakkiz atrofida smena almaşiş vaqtida röy bergan. «Endigina iş boşlagandik. Qattiq ovoz eşitildi. Sirenalar ovozi çalingaç, bu evakuatsiya ekanini tuşundik. Barça qoça boşladi va şu vaqtda yana bir zarba kelib tuşdi. Har tomonga tarqaldik. Ötloqqa borib ötirdik. Darhol yana bir dron uçib keldi. Hamma örnidan turib qoça boşladi», – degan şu kuni omborda navbatçilikda bölgan xodimlardan biri.

Logistik markazning voqea joyiga bir neça soatdan keyin, soat taxminan 12 lar atrofida kelgan boşqa bir işçisi esa «ombor yer bilan bitta bölgani» va «hamon yonayotgani»ni aytib bergan.
Samara oblasti gubernatori Krasnoyarsk rayoni aholisini omborga hujumdan söng «havoda zararli mahsulotlar paydo bölgani» tufayli «salomatlikka e’tibor qaratiş»ni söragan.
Ukraina qurolli kuçlari Pilotsiz tizimlar kuçlari qömondoni Robert Brovdi («Major» laqabli) Wildberries’ning Samara oblastidagi ombori Rossiyaning Yevropa qismi hamda Sibir örtasidagi «asosiy köprik» bölganini aytib, «bu sönggi zarba emasligi aniqligi»ni ta’kidlagan.

18 iyuldan buyon ukrain dronlari Wildberries’ning Rossiya böylab jami 16 ta omboriga zarba berdi, jumladan, front çiziğidan ança olisda bölgan hududlarga ham ukrain dronlari uçib kelmoqda. Samara oblastidagi ombor kompaniyaning hujumga uçragan 17-ob’yekti böldi.

2 avgustga ötar keçasi Saratov oblasti ham hujumga uçragan. Ukrainadagi telegram-kanallarga köra, Saratov neftni qayta işlaş zavodi («Rosneft» tarkibiga kiradi), şuningdek, «Engels-2» harbiy aerodromi nişonga aylangan.













