Vazirlikning ma’lum qilişiça, suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berişdagi keçikişlar, gaz ballonlarining töldirilişi, iste’molçilarga xizmat körsatiş sifati va xodimlarning muomala madaniyati bilan boğliq holatlarning har biri örganilib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli çoralar köriladi.

Qayd etilişiça, oxirgi oylarda respublika hududlarida suyultirilgan gaz ta’minoti bilan boğliq yuzaga kelgan mavjud muammolarni bosqiçma-bosqiç bartaraf etiş hamda aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş böyiça işlar olib borilmoqda.

Energetika vazirligi iste’molçilardan yuqoridagi kabi masalalar yuzasidan murojaat va takliflari bölsa, respublika böyiça taşkil qilingan ştablarga murojaat qilişini söragan.

Rasmiy izohda muammo kölami va sabablari oçiqlanmagan, birorta raqam keltirilmagan. Vaholanki, Kun.uz'dagi ma’lumotlarga köra, Farğona viloyatidagi 509 mingta xonadonning ehtiyojini qoplaş uçun (har biriga 20 kilodan) oyiga örtaça 10,2 ming tonna suyultirilgan gaz kerak böladi, ammo yil boşidan beri biror marta oyiga bunça propan yetkazib berilmagan.

Yanvar oyida 8,5 ming tonna bölgan körsatkiç oydan oyga pasayib, may oyida 4 ming tonnaga, iyunda 4,9 ming tonnaga tuşib qolgan. Bu esa ehtiyojning yarmini ham qoplamaydi.

Kun.uz'ning YouTube sahifasida mazkur videoreportaj ostida qoldirilgan izohlardan körinişiça, suyultirilgan gaz ta’minotidagi muammo faqat Quva yoki Farğona viloyati bilan çeklanmas ekan. Quyida kuzatuvçilar qoldirgan izohlarni keltirib ötamiz:

Şuhrat Şoyimov:

Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumani Şörtan şaharçasida joylaşgan Şörtan gaz-kimyo zavodidan bor-yöği 20 km uzoqlikda yaşayman. Suyultirilgan gaz bizga ham 3 oy deganda keldi...

Madinabonu Röziboyeva: