Foto: ZARMED universiteti

Mazkur grant dasturi kiriş imtihonlari natijalariga köra abituriyentlarning bir semestrlik öqiş xarajatlarini universitet mablağlari hisobidan töliq yoki qisman qoplaş imkonini beradi.

Grant tanlovi qanday ötkaziladi?

“Qabul granti” tanlovi ikki bosqiçdan iborat:

Birinçi bosqiç - abituriyent tanlagan ta’lim yönalişiga mos ikkita fandan test sinovi.

Ikkinçi bosqiç - mazkur fanlardan amaliy, yozma yoki oğzaki imtihon.

Grant örinlari bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça har yili ZARMED universiteti Kengaşi qarori asosida taqsimlanadi.

Kimlar test sinovlarisiz ikkinçi bosqiçda qatnaşişi mumkin?

Quyidagi toifadagi abituriyentlar kiriş test sinovlarisiz tölov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi hamda “Qabul granti” tanlovining ikkinçi bosqiçida töğridan-töğri iştirok etiş imkoniyatiga ega böladi:

– “Tarbiyaçi” tanlovi ğoliblari - pedagogika, psixologiya, boşlanğiç ta’lim va maktabgaça ta’lim yönalişlariga;

– Zulfiya nomidagi davlat mukofoti va “Mard öğlon” davlat mukofoti sohiblari;

– “Hamşira” tanlovi ğoliblari - davolaş işi, stomatologiya, farmatsiya va oliy hamşiralik işi yönalişlariga;

– xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari hamda musobaqalari ğoliblari;

– UZBMB - DTM yoki ZARMED universitetining içki kiriş imtihonida 120 va undan yuqori ball töplagan abituriyentlar;

– umumiy örta ta’lim muassasasini oltin yoki kumuş medal bilan tamomlagan iqtidorli bitiruvçilar;

– tegişli fandan B+, B, C+ yoki C darajadagi milliy sertifikat sohiblari.

Ingliz tili ta’lim yönalişi uçun B2 va undan yuqori darajadagi quyidagi sertifikatlardan biri qabul qilinadi: