Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzodlar orasida yetakçi bölib turgan Donald Tramp Xitoy savdo siyosatini tanqid qildi. Bu haqda CNN agentligiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

“Biz Xitoyga mamlakatimizni zörlaşda davom etişiga yöl qöya olmaymiz”, deya ma'lum qildi Tramp Indianadagi saylovoldi mitingida. 

CNN telekanalining aniqlik kiritişiça, “zörlaş” sözi ostida Tramp xalqaro savdoda Xitoyning AQŞdan ilğorlab ketişini tuşunadi. 

Milliarder Xitoyni valyuta manipulyatsiyalarida köp marta ayblagan. Uningça, aynan valyuta qallobliklari tufayli Xitoy eksport mahsulotlari jahon bozorida raqobatbardoş bölib bormoqda. 

Siyosatçining fikri böyiça, bu Amerika kompaniyalari va ularning hamkorlariga ziyon yetkazmoqda. 

Indianada çiqiş qilar ekan, Tramp uşbu vaziyatni özgartirişga söz berdi. “Biz bu holatni özgartiramiz. Bizda hamma kartalar bor, şuning unutmang”, degan u. 

Tramp, şuningdek, Xitoydan emas, “haddan ziyod mas'uliyatsiz amerikalik liderlardan” ğazabda ekanini qöşimça qilgan.