Turkiyaning Bitlis şahrida böğoz muşuk oilaviy soğliq markaziga tuğiş uçun taşrif buyurdi. Jonivor tibbiy xizmat muassasasi yaqinida oğriqdan miyovlay boşladi.
Muşukni tekşirib körgan şifokorlar uning özi tabiiy holda tuğa olmasligini tuşunib yetişdi. Şundan söng kasalxona xodimlari yaqinroqda joylaşgan veterinariya klinikasi bilan boğlanib, bu muşukni mutaxassislarga yuborişdi. Veterinarlar muşukda tuğruq jarayonidagi jarrohlik amaliyotini amalga oşirişdi.
Amaliyot jarayonida törtta soğlom muşukça dunyoga keldi. Ona muşuk ham omon qoldi va hozirda uning ahvoli yaxşi. Jonivorlar ular uçun yangi boqib oluvçilar topilmaguniça şifokorlar nazoratida bölişadi.







