Turkiya boş vaziri Ahmad Dovutöğlining bayonot berişiça, Suriyada Rossiyaning Su-24 rusumli harbiy samolyoti urib tuşirilganiga qaramay, Rossiya va Turkiya mintaqaning ikki muhim davlati bölib qolaveradi va şu bois bir-biriga muhtojdir.
"Bizning qaraşimiz aniq. Rossiya va Turkiya azaldan qöşni bölib kelgan. Bugungi kunda ham biz mintaqaning ikki yetakçi davlati bölib qolmoqdamiz. Biz bir-birimizga muhtojmiz. Samolyot bilan boğliq hodisa bevosita Rossiyaga qaratilmagan edi", — deya Al Jazeera Turk telekanaliga intervyusida bayonot bergan turk boş vaziri, ikki mamlakatlar örtasidagi yaxşi aloqalar qayta tiklanişiga umid bildirgan.
Jurnalistning Rossiya turk harbiylarining Suriyaga kiritilişiga qarşi çiqib, Turkiya harbiy kuçlariga havodan zarbalar berişi ehtimoliga oid savoliga Dovudöğli salbiy ohangda javob bergan.
"Bu notöğri harakat bölar edi. Bu yerlar Rossiyaniki emas. Albatta, Rossiya — BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a'zosi. BMTning IŞIDga qarşi qarori ham barçaga ma'lum. Bu yerda gap bizning milliy xavfsizligimiz xaqida bormoqda. Biz heç qanday davlat, xususan, Rossiya bilan ham ziddiyatga boriş niyatida emasmiz. Bizlar Rossiya bilan yaxşi munosabatda edik, kelgusida ham ayni aloqalar yaxşilanişini xohlaymiz. Ammo milliy xavfsizlik masalasi kun tartibiga çiqar ekan, biz uni ta'minlaş uçun barça çoralarni körişga majbur bölamiz. Bu yerda Rossiya emas, balki Turkiya IŞIDning bevosita tahdidiga duç kelmoqda", — deb qöşimça qilgan boş vazir.
Ma'lumki, Rossiya va Turkiya munosabatlari 2015 yil 24 noyabr voqeasidan keyin taranglaşib, boşi berk köçaga kirib qolgan edi. Öşa kuni Suriyada turk harbiy havo kuçlarining F-16 qiruvçi samolyoti Rossiyaning Su-24 rusumli bombardimonçi samolyotini urib tuşirgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa, mazkur hodisa yuzasidan fikrini bildirar ekan, uni terrorçilar gumaştalarining "orqadan zarba beriş"iga qiyoslagan hamda milliy xavfsizlikni ta'minlaş va Turkiyaga nisbatan maxsus iqtisodiy jazo çoralari qöllaş töğrisidagi farmoniga imzo çekkan edi.







