3 may kuniToşkent markazida yangi OGU daraxtzori yaratildi. Bu haqda Tabiat davlat qömitasi matbuot-xizmati ma'lumotiga asoslanib Sputnik xabar tarqatdi.
“Özbekiston Neft va Gaz” Xalqaro körgazma va konferensiyaning 20 yilligi şarafiga tuya daraxtlari va qora arçalarning yoş köçatlari ekildi.
Bu ösimliklar katta şaharlar va sanoat hududlarining gaz bilan ifloslangan havosiga bardoş bera oladi, davolaş xususiyatlariga ega. Hatto uşbu ösimliklarning orasida şunçaki sayr qiliş ham soğliqni mustahkamlaşi isbotlangan.
Yangi “OGU daraxtzori” Baynalminal köçasi, Alişer Navoiy nomidagi istirohat boği yaqinidan joy oldi.

“OGU daraxtzori” tabiatga ğamxörlik bilan munosabatda böliş va neft-gaz sohasining ekologik muvozanatini saqlaşda mas'ul ekaniga misol böla oladi.
OGU xalqaro körgazmasi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va “Özbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasining rasmiy qöllab-quvvatlaşi ostida ötkaziladi. Tadbir xalqaro neft va gaz kompaniyalariga sönggi yutuqlar va işlanmalarni namoyiş etiş uçun oliy darajadagi biznes-platformani taqdim etadi, şuningdek, yetkazib beruvçi va işlab çiqaruvçilarning uçraşuv joyi ham hisoblanadi. Keng körgazmali va ilmiy dastur uglevodorod xomaşyosi bozorining asosiy masalalarini qamrab oladi. Xususan, körgazmaning "Lukoyl", SOCAR, Schlumberger, General Electric, Hyndai Engineering Cp. Ltd kabi iştirokçilari innovatsion texnologiyalarga urğu beradilar.
Xalqaro ekspertlarning ekologik mavzulardagi çiqişlari konferensiyada muhim örin egallaydi. Konferentsiyaning birinçi spikerlari röyxatida Yevrokomissiyaning energetika böyiça raisi birinçi örinbosari Maroş Şefçoviş va Xalqaro gaz birlaşmasi boş kotibi Pol Rasmussen ham bor.







