Özbekistonda UzTrade - birinçi taşqi savdo elektron platformasi yölga qöyilib, u tovar işlab çiqaruvçilarga öz mahsulotlarini eksport qilişga yordam beradi. Bu haqida Özbekiston Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi (TIAISV) Sputnik naşriga ma'lum qildi. 

TIAISV va "Savdoni rağbatlantiriş" loyihasining hamkorlik dasturi eng avvalo kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarining taşqi bozorlarga çiqişini ta'minlaşi kerak.

"UzTrade Özbekistonda birinçi elektron taşqi savdo platformasi hisoblanadi, unda mamlakatning har bir korxonasi xorijlik xaridorlar uçun işlab çiqarilayotgan mahsulotning sifat va texnik parametrlari, ta'minot şaroitlari va eksport narxlarini öz içiga olgan barça zarur ma'lumotlarni joylaştiruvçi şaxsiy internet sahifasini yaratişi mumkin", - deya izoh berdi TIAISV qoşidagi "Öztadbirkoreksport" AJ marketing bölimi mutaxassisi Irina Korşikova.

Şu bilan birga u yangi platformaning funksional imkoniyatlari korxonaning har bir xodimiga "şaxsiy kabinet" oçişni közda tutganini ta'kidladi, bu eksport şartnomasini tuzişda ulgurji sotib oluvçilar bilan muzokara olib borişga yöl oçadi. 

Suhbatdoşning sözlariga köra, bu ulkan elektron "supermarket"da bugungi kunga kelib mingdan ortiq işlab çiqaruvçilar registratsiyadan ötagan, ular özlarining uç mingdan ortiq mahsulotlari haqida ma'lumotlar joylaştirişgan. Korxonalarning tarmoqdagi iştirokini yanada faollaştiriş uçun mutaxassislar kelgusida onlayn-tölovli eksport şartnomasining proformasini şakllantiriş tizimini yölga qöyişmoqçi. 

Şuningdek, Özbekiston diplomatik vakolatxonalarining savdo maslahatçilari ham UzTrade orqali faoliyatga jalb etiladi, ular öz navbatida potensial mijozlarni yangi imkoniyatlardan xabardor qilib turişadi. Bularning barçasi bir bölib, özbek mahsulotining eksportiga xorijdan yirik xaridorlar va importerlar jalb qiluvçi yagona samarali mexanizmni şakllantirişi kerak. 

"Savdoni rağbatlantiriş" loyihasi Özbekistondagi inklyuziv taraqqiyotni tovarlarning raqobatbardoşligi va mahalliy işlab çiqaruvçilarning eksport salohiyatini oşiriş hamda ularning savdodagi iştirokini kengaytiriş yöli bilan qöllab-quvvatlaydi. Loyiha ekspertlari milliy qonunçilikning Butunjahon savdo taşkiloti normalariga muvofiqligi tahlilida yordam körsatişadi.