1921 yilning 5 mayida parfyumeriya tarixidagi eng maşhur ifor taqdim etilgan. 95 yildan buyon Chanel № 5 savdosi kompaniyaga yarim milliard dollardan ortiq daromad keltirdi. 

Afsonalarga köra, bu atirni gul böylaridan zerikkan va haqiqiy ayollik hidini yaratişni orzu qilgan Koko Şanel parfyumer Ernest Bo bilan birga yaratgan. Rossiyalik muhojir bilan Şanel Kann sohilida tanişib qolgan. 

Reklama kampaniyasi boşida Kokoning özi model sifatida iştirok etgan. Keyinroq Chanel № 5 atirini namoyiş etgan birinçi maşhur inson fransiyalik aktrisa Katrin Denev bölgan.

Brend yuzi sifatida, şuningdek, Karol Buke, Nikol Kidman, Estella Uorren, Odri Totu, Mişel Byudxen, Vanessa Paradi ham qatnaşgan. 

Merilin Monro tunda qanday libos kiyişi töğrisidagi savolga “Chanel № 5 dan bir neça tomçi” deb javob bergandan keyin atir öta ommalaşib ketgan.