Qozoğiston mudofaa vazirligi vakillari 2016 yilda Ostonada Ğalaba kuni munosabati bilan harbiy parad ötkazilmasligini ma'lum qildilar, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.

"Bu yili parad bölmaydi", deb ma'lum qildi manba.

Manbaning aytişiça, tadbirning ötkazilişi mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlangan rejada ham közda tutilmagan.

Ostonada 2015 yilda Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 70 yilligi munosabati bilan ötkazilgan parad mamlakatning mustaqilligi davrida ötkazilgan eng katta parad bölgandi. Unda 5 mingga yaqin harbiy, 20 dan ortiq harbiy texnika birligi, 70 ta harbiy vertolyot va samolyot iştirok etgan.