Eron sanoat, kon va savdo vaziri Muhammad Rizo Ne'matzodaning ma'lum qilişiça, Eron va Belorus mamlakatning şimoli-ğarbidagi Tabriz şahrida MAZ rusumli avtobus va yuk avtomobillarni işlab çiqariş böyiça yiğuv liniyasini taşkil etişga kelişib olgan. U iqtisodiy hamkorlik böyiça Belorus-Eron qöşma komissiyasining Minskda bölib ötgan 13 majlisi doirasida şunday bayonot bergan.
Korxonada, dizel va gaz dvigatellari bilan jihozlangan transport vositalari işlab çiqariladi. U ilk mahsulotini avgust-sentabr oylarida işlab çiqarişi kutilmoqda, degan Ne'matzoda.
Tomonlar ikki mamlakat örtasidagi savdo aylanmasini ötgan yilgi 75 million dollardan 250 million dollargaça çiqarişga kelişib olganlar.







