09:05 / 05.05.2016
7348

Zinedin Zidan: «Finalga chiqish – yaxshi, lekin bu hali sovrin naqd degani emas»

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan YeChL yarimfinalida «Manchester Siti» ga qarshi javob uchrashuvidan so‘ng (1:0) fikrlarini bildirdi.

«Men juda baxtiyorman, ammo faqat o‘zim uchun mas, tinmay mehnat qilgan o‘yinchilarim uchun ham. Yarimfinalda har doim qiyin bo‘lgan, ammo finalga chiqish - eng asosiy maqsadimiz edi.

Futbolchilarning harakatlaridan ko‘nglim to‘ldi.

Krishtianu Ronaldu bugun odatdagidek o‘z ishini bajardi.

Bu g‘alabadan muxlislar bilan zavqlanish kerak, ammo bu bilan ishimiz hali tugamadi. 28 may kuni bizni juda qiyin o‘yin kutib turibdi. 

Finalga chiqish yaxshi natija, lekin bu hali sovringa ham ega bo‘lamiz degani emas.

Hozir dam olib, yakshanba kungi o‘yinga tayyorlanamiz. Bu futbolchilarni shug‘ullantirayotganimdan juda xursandman. Men uchun ularning barchasi muhim. Birgalikda ishlashda davom etib, buyuk ishlarni bajarishimizga ishonishimiz kerak. Bugun buni uddaladik. Ha, men murabbiyman, men ham qandaydir ishlar bajaryapman, ammo barcha xizmat jamoaga tegishli. Futbolchilar birinchi o‘rinda, ular menga futboldan lazzatlanish imkoniyatini bermoqdalar. Men har kuni ular bajarayotgan ishlarni ko‘rishdan xursandman. Har kuni bu eng so‘nggi kunday yashash kerak», - deydi Zidan.

Mavzuga oid
Top