5-avgust kuni Xitoyning Şandun provinsiyasi qirğoqlari yaqinidagi dengiz start platformasidan “Samarqand-2028” giperspektral sun’iy yöldoşi orbitaga uçirildi.

“Samarqand-2028» Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi tomonidan yaratilgan Yerni masofadan zondlaşga möljallangan giperspektral sun’iy yöldoş bölib, loyiha “Özbekkosmos” agentligi bilan hamkorlikda amalga oşirildi.

Qayd etilişiça, kompaniyaning xalqaro loyihalari tarixida ilk bor “Özbekkosmos” agentligi muhandislari tomonidan işlab çiqilgan sun’iy intellekt moduli sun’iy yöldoşning bort tizimiga integratsiya qilindi.

Sun’iy intellekt moduli sun’iy yöldoş tomonidan olingan tasvir va ma’lumotlarni Yerga uzatilişidan oldin bevosita orbitaning özida qayta işlaydi. Natijada uzatiladigan ma’lumotlar hajmi kamayadi, kerakli axborot tezkor olinadi va keyingi tahlil jarayonlari samaradorligi sezilarli darajada oşadi.

Olingan ma’lumotlardan qişloq xöjaligi, ekologiya, tabiiy resurslarni monitoring qiliş va boşqa yönalişlarda foydalaniş rejalaştirilgan.

Mazkur sun’iy yöldoşga “Samarqand-2028” nomi Avstraliyaning Sidney şahrida bölib ötgan Xalqaro astronavtika kongressida 2028-yilgi kongressni Samarqand şahrida ötkaziş töğrisida qabul qilingan qaror şarafiga tanlangan.