Ukraina Rossiyaning Wildberries marketpleysi omborlariga hujumlarni davom ettirmoqda. Bu safar Leningrad oblastidagi omborga hujum oqibatida yonğin çiqqan. Moskva oblastida ham omborlar zarbaga uçragan – bu haqda mahalliy rasmiylar kompaniya nomini keltirmasdan xabar bergan. Beş kişi halok bölgani ma’lum.

«Bugun dron hujumi oqibatida okrug hududida şikastlanişlar qayd etildi. Afsuski, qurbonlar va yaralanganlar bor», – deyiladi Moskva oblastining Çexov okrugi rahbari Mixail Sobakinning ertalabki xabarida. U logistik kompleks binosi şikastlangani aks etgan fotoni e’lon qilgan.
Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobyov dastlabki ma’lumotlarga köra beş kişi halok bölib, yana 10 kişi yaralanganini ma’lum qilgan.
«Asosiy oqibatlar Çexov munitsipal okrugida qayd etilgan. Novoselok sanoat zonasida dron urilişi natijasida yonğinlar çiqqan. Eng jiddiysi – omborxonada bölgan, yonğin öçoği allaqaçon bartaraf etilgan – degan gubernator. – Şuningdek, elektr nimstansiya va ma’muriy bino şikastlangan. Öt öçiruvçilar voqea joyida işlamoqda».
Solnişkovo qişloğida dron parçalari xususiy uy va avtomobilga zarar yetkazgan, yonğin öçirilgan, deya qöşimça qiladi Moskva oblasti rahbari.

Rasmiylar Moskva oblastida hujumga uçragan omborlar qaysi kompaniyaga tegişli ekaniga aniqlik kiritişmagan.
Xuddi şu vaqtda Leningrad oblastining Tosnensk rayonidagi Krasniy Bor posyolkasida Wildberries logistik ob’yekti böylab zarba berilgan. «Yonğinni öçiriş va hujum oqibatlarini bartaraf etiş işlari davom etmoqda», – deya ma’lum qilgan kompaniyadagilar.
Leningrad oblasti gubernatori Aleksandr Drozdenko 17 ta dron urib tuşirilgani haqida xabar bergan. «Ayni vaqtda yonğin öçirilgan, ombor binosining bir qismiga suv quyiş işlari olib borilmoqda. Yonğin tarqaliş xavfi yöq. Korxonada jabrlanganlar yöq», – degan gubernator.

















