Sobiq futbolçi Zinedin Zidan Fransiya milliy jamoasining yangi boş murabbiyi etib tayinlandi. Fransiya futbol federatsiyasi uşbu mutaxassis bilan tört yillik şartnoma imzolagan.
Zidanga milliy jamoada avval ham özi bilan birga işlgan David Bettoni va Hamidu Msaidi yordam beradi. Murabbiylar ştabidan, şuningdek, jismoniy tayyorgarlik böyiça murabbiy Gregori Dyupon va sobiq futbolçilar Faben Bartez hamda Bernar Diomed ham örin olişi kutilmoqda.
Zidan bu lavozimda Dide Deşamni almaştirdi. Deşam Fransiya termasini 2012 yildan buyon boşqarib kelayotgandi. Uning boşçiligida fransuzlar 2018 yilgi jahon çempionatida ğolib çiqdi, bundan taşqari, 2016 yilgi Yevropa çempionati va 2022 yilgi jahon çempionatida ikkinçi örinni egalladi. 2026 yilgi jahon çempionatida esa fransuzlar yarimfinalda Ispaniyaga yutqazdi, uçinçi örin uçun bahsni Angliya milliy jamoasiga boy berdi.
Zinedin Zidan – futbol tarixidagi buyuk futbolçilardan biri, Fransiya milliy jamoasi safida jami 108 ta öyin ötkazib, jahon (1998) va Yevropa (2000) çempioni bölgan, «Oltin töp» sohibi.
Faoliyati davomida «Kann», «Bordo», «Yuventus» va «Real» kabi klublarda töp surgan.
2006 yilgi jahon çempionati finalida Italiyaga qarşi öyin vaqtida Marko Materatssi bilan boğliq voqeadan keyin, futbolçilik faoliyatini yakunlagan.
U murabbiylik faoliyatini 2012 yilda «Real» akademiyasida boşlagan. 2016 yilda esa Rafael Benites örniga «Real» boş murabbiyi etib tayinlangan. Uning boşqaruvidagi ikki yarim yil mobaynida madridliklar klubi qatorasiga uç marta Çempionlar ligasida ğolib çiqqan. Zidan bunday natijaga erişgan yagona murabbiydir. Bu vaqt oraliğida «Real» bir marta Ispaniya çempioni, bir marta mamlakat Superkubogi, ikki marta UYeFA Superkubogi sohibi bölgan. 2019 yil martida Zidan «Real» boş murabbiyligiga qaytadi va 2021 yil mayiga qadar uşbu lavozimda qoladi. Şundan buyon u heç qayerda işlamayotgan va Fransiya milliy jamoasi taklifini kutayotgandi.












