Kingstondagi (Ontario, Kanada) Kuins universiteti muhandislari HoloFlex smartfonining prototipini yaratişdi. Qurilmaning video taqdimoti Human Media Lab laboratoriyasining YouTube’dagi sahifasiga joylaştirildi. Ma'lum bölişiça, smartfonni işlab çiqiş jarayoni aynan şu laboratoriyada amalga oşirilgan.
HoloFlex’da egiluvçan golografik displey mavjud bölib, uning bir qatlamida yoruğlik tarqatuvçi mikroskopik linza örnatilgan. Şu tariqa ekranda bir vaqtning özida bir qança insonlar kuzatişi mumkin bölgan stereoskopik suratlar paydo böladi. Bunday vaziyatda maxsus közoynaklar talab etilmaydi. Matritsa (öyma qolip) kengligi 1080p ni taşkil etadi, biroq linzalar tizimi tufayli u 160x104 pikselgaça pasayib ketadi.
Smartfonning egiluvçan displeyga ega boşqa gadjyetlardan farqi şundaki, HoloFlex ekran bukilişini buyruq vazifasida qabul qiladi. Misol uçun, foydalanuvçi smartfonni bukkan holda virtual obektlar örtasidagi masofani özgartirişi mumkin.







