6 mayda Xitoyning Syçuan viloyatida joylaşgan Çendu tadqiqot markazida joriy yildagi dunyodagi ilk katta panda tuğildi, deb xabar bermoqda ECNs.

Pandani 9 yoşli Ayba (Ai Hin) laqabli ayiq dunyoga keltirdi. Erkak panda mahalliy vaqt bilan soat 06:06 da dunyoga keldi. 

2016 yildagi ilk pandaning tuğilişiga bağişlangan onlayn-translyatsiyani yuz minglab odamlar kuzatdi. 

Aybaning homiladorligi haqidagi ma'lumot birinçi marta 2014 yil avgustda paydo bölgandi. Biroq öşanda mutaxassislar uzoq vaqt bu soxta homiladorlik deb gumon qilişgan, çunki bu aqlli jonzotlar özlarining "turmuş darajasini" yaxşilaş uçun homiladorlikni simulyatsiya qiladilar. Çunki bölğusi ona-pandalar alohida xonaga ötkaziladilar va ularga alohida ğamxörlik körsatilib, kuçaytirilgan oziqa ratsioni taqdim qilinadi. Pandalarning homiladorligini obektiv körsatkiçlarga köra ularning gormonal foni beqaror bölgani sababli aniqlaş muşkul, taşqi tomondan esa ularning semirişga moyilliklari sababli umuman aniqlab bölmaydi. 

Katta panda yoki bambuk ayiği – vatani Xitoy hisoblanadigan sut emizuvçi jonzot. Xitoyda panda yöqolib borayotgan tur hisoblanadi va davlatning alohida himoyasida turadi. Panda Xitoyning milliy ramzi hisoblanadi.