Hozirgi körsatkiçlar asosida baholanganda, XXI asr örtalariga kelib dunyodagi qoçqinlar soni 321 million nafarga yetadi. Bu haqda BMT boş kotibi Pan Gi Munning 2016 yil 19 sentabr – Boş Assambleyaning 71-sessiyasi oçiliş marosimidan bir kun avval Nyu-Yorkda bölib ötadigan qoçqinlar muammosiga bağişlangan forum uçun tayyorlangan bayonotida ma'lum qilindi. Tahliliy hisobot 9 may kuni taqdim etildi, deb xabar beradi TASS.  

BMT saytida çop etilgan hujjatga köra, 2015 yilda xalqaro qoçqinlar soni 244 million nafarga yetdi. Bu körsatkiç 2000 yilga nisbatan 71 million nafarga yoxud 41 foizga köp. Jahon aholisi örtasida ularning uluşi 15 yil içida 2,8 foizdan 3,3 foizga oşdi.

“Prognozlarga köra, jahon aholisi soni ösişda davom etadi va 2050 yilga kelib 9,7 milliard kişini taşkil etadi. Agar jahon aholisi tarkibida xalqaro qoçqinlar uluşi şu körsatkiçni saqlab qolsa, 2050 yilga borib dunyo böyiça qoçqinlar soni 321 million kişiga yetadi”, - deya yozgan Pan Gi Mun. 

Uning fikriga köra, yaqin ön yilliklarda “zöravonlik nizolari, qaşşoqlik, tengsizlik, iqlim özgarişi, tabiat ofatlari va atrof-muhit holatining özgarişi natijasida” odamlarning ommaviy köçiş miqyosi saqlanadi yoki oşib boradi.

“Juda katta mehnat va harakatlarga qaramasdan, köp hollarda javob harakatlari ehtiyojlarni qondirmaydi”, deya bildirgan boş kotib.  

U sentabr sammiti davlatlarning öz zimmasidagi majburiyatlarini bajariş uçun şunçaki rağbatlantiruvçi omil emas, balki “ana şu majburiyatlarga tayangan holda muammolarning tub sabablarini bartaraf etiş bilan şuğullaniş va yirik miqdordagi qoçqinlar muammosiga jamoaviy urinişlarimiz samardorligini oşirişga xizmat qilişi”ga umid bildirdi.