AQŞ marşallar xizmati 50 yil avval qamoqxonadan qoçib ketgan Robert Ye. Stakovits ismli mahbusni uşlaşdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
Stakovits öğirlik uçun jazo ötayotgan Jorjiya ştatidagi turmadan 1968 yilda qoçib ketgan. Hukumat jinoyatçining öylab topilgan ismini bilişgaç, uning joylaşgan örnini aniqlaşgan.
"Söngra tergovçilar öylab topilgan ism bilan boğlangan Konnektikut ştatida joylaşgan Şerman şahridagi manzilni aniqlaşgan", deyilmoqda marşallar xizmati bayonotida. Şundan keyin xizmat xodimlari Stakovitsni heç qanday köngilsizlik bilan uşlaşgan.
Hozirda qoçoq Konnektikut turmasida uşlab turilibdi. Taxminça, u ortga – Jorjiyaga yuborilişi mumkin.







