Amerikalik mutaxassis Sem Gebbi telefonni ovoz yordamida boşqarişga imkon beruvçi interaktiv tizim Siri’ga Tesla Model S avtomobilini boşqarişni örgatdi. Bu haqda Electrek ma'lum qildi.
Gebbi buning uçun Tesla’ning dasturlar yaratiş interfeysi API’dan foydalandi, şuning uçun u yaratgan dastur Tesla’ning rasmiy dasturi bajara oladigan barça narsani, jumladan salondagi haroratni boşqariş, eşiklarni oçiş va yopiş, maşinani avtopilotdan foydalanib "öziga çaqiriş"ni bajara oladi. Barça bu harakatlarni Siri va Apple Watch yordamida amalga oşirsa böladi. Mutaxassis "aqlli" uyni boşqariş platformasi Apple HomeKit’dan foydalangan.
Mutaxassis GitHub’da istalgan odam buni qila olişi mumkin bölgan töliq yöriqnomani va YouTube’da 7 daqiqali rolikni çop etdi.
Avvalroq Siri ovoz tizimi yaratuvçilari Dag Kittlaus va Adam Çiyer Viv nomli yangi virtual yordamçini taqdim qilişmoqçi ekanliklarini ma'lum qilişgandi. Yordamçi sun'iy ong negizida yaratilgan va Siri’ning imkoniyatlaridan ustunroq texnologiya sifatida ta'riflangan.







