"Barselona" jamoasining argentinalik hujumçisi Lionel Messi 2016 yilgi Yozgi Olimpiadada iştirok eta olmasligidan afsusdaligini bildirgan. Bu haqda u ESPN muxbiri bilan suhbatda aytib ötgan.
Bundan oldinroq, uşbu 28 yoşli futbolçi yozda bölib ötadigan 2ta xalqaro turnirdan faqat bittasida iştirok etişi, 3 iyundan 26 iyungaça AQŞ maydonlarida ötkaziladigan 2016 yilgi Amerika Kubogi öyinlariga borişi, lekin 5-21 avgust kunlari davomida Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida bölib ötadigan olimpiadaga bormasligi ma'lum qilingandi.
"Albatta men terma jamoa bilan Olimpiadaga borişni istayman, axir 2008 yilda Pekindagi olimpiadadagi iştirokim orqali xuddi 2005 yilgi yoşlar örtasidagi jahon çempionatida bölgani kabi katta tajriba olgandim. Faqat bugina emas, biz öşanda ğolib çiqqandik va ilk bor tanilgandik", - deydi Messi.







